Namanganda xorijiy va mahalliy paxta navlari sinovdan o‘tkazilmoqda

Fermer xo‘jaliklarda mexanizatsiyalashtirish jarayonlari yuqori bo‘lib, har bir gektardan o‘rtacha 60–70 sentner hosil olinmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 20-sen – Sputnik. Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov uchta fermer xo‘jaligining paxta yetishtirish maydonlarini ko‘zdan kechirdi.

Mazkur xo‘jaliklarda mahalliy va xorijiy paxta navlari ekilgan bo‘lib, ikki fermer xo‘jaligida yig‘im-terim ishlari to‘liq mashina yordamida olib borilmoqda.
“Alamibek Temur” fermer xo‘jaligi
Bu xo‘jalikda mahalliy “Andijon-35” navidagi paxta ekilgan. Har bir gektaridan o‘rtacha 60–65 sentner hosil olinmoqda. Vazir hosildorlikni oshirish uchun desikatsiya jarayonini o‘z vaqtida bajarish va hosilni yo‘qotmasdan yig‘ib olish zarurligini bildirgan.
V Namangane proxodat ispitanie mestnie i inostrannie sorta xlopka
“Mingbuloq lochini” fermer xo‘jaligi
20 gektar maydonda xorijiy paxta navlari sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu navlar yuqori hosildorlik ko‘rsatib, yig‘im-terim ishlari to‘liq mexanizatsiya yordamida amalga oshirilmoqda.
“Yurgan daryo” fermer xo‘jaligi
12 gektar maydonda agrotexnik tadbirlar samarali tashkil etilgan. Vazir xo‘jalikdagi ilg‘or usullar va zamonaviy texnologiyalar hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Uchrashuv davomida hosildorlikni oshirish, zamonaviy agrotizimlarni joriy qilish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va mexanizatsiyani jadallashtirish masalalari muhokama qilingan.
V Namangane proxodat ispitanie mestnie i inostrannie sorta xlopka