TOShKENT, 19 sen – Sputnik. O‘zbekistonda endi masofaviy tarzda yo‘qolgan haydovchilik guvohnomalarini tiklash mumkin bo‘ladi. Bu haqda Davlat xizmatlari portali xabar berdi.
“Haydovchilik guvohnomangizni yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsangiz, uni yangilash uchun YPX binosiga borish shart emas. Barcha jarayonlarni onlayn amalga oshirishingiz mumkin”, – deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, yangi xizmatdan foydalanuvchilar my.gov.uz portali orqali "Haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish" xizmatiga kirib, "Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash" bo‘limini tanlagan holda o‘z arizalarini yo‘llashadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, xizmat narxi 370 800 so‘m (0.9 BHM) etib belgilangan. Guvohnomani pochta orqali o‘z manzilida qabul qilib olmoqchi bo‘lgan fuqarolar esa qo‘shimda 25 000 so‘m to‘lovni amalga oshirishadi.
Xizmat ko‘rsatish muddati — 1 ish kuni. Pochta orqali yetkazib berish bilan birga, jami 3 ish kunini tashkil etadi.
Quyidagi holatlarda esa ariza rad etiladi: