Ukrainada 13 nafar o‘zbekistonlikni qullikda saqlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Kiyev viloyatida o‘zbekistonliklar yomon sharoitlarda majburiy mehnatga jalb qilingan. Prokuratura to‘rt gumonlanuvchini qo‘lga oldi.
Sputnik
TOShKENT, 19 sen — Sputnik. Kiyev viloyatida O‘zbekiston fuqarolaridan mehnat ekspluatatsiyasi uchun foydalanilgan sxema fosh etildi. Prokuraturaning protsessual nazorati ostida Xitoyning ikki fuqarosi, bir o‘zbekistonlik va bir ukrainalik qo‘lga olindi. Bu haqda Ukraina Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchilar 13 o‘zbekistonlikni ishga yollash bahonasida Kiyev viloyatiga olib kelib, ularni majburiy mehnatga jalb qilgan.
Pod Kiyevom nashli lager, gde v rabstve derjali 13 grajdan Uzbekistana.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar uy-joy, ish joyi va og‘ir moddiy sharoitlari yo‘qligi sababli ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslarni aldov va majburlash yo‘li bilan o‘z rejalariga jalb qilgan. Gumonlanuvchilar jabrlanuvchilarni Kiyev viloyatiga olib kelgan va u yerda ular majburiy mehnatga jalb qilingan.
Pod Kiyevom nashli lager, gde v rabstve derjali 13 grajdan Uzbekistana.

Jabrlanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, shart-sharoitlar tahqirlovchi edi: hatto hojatxonaga ham faqat jadval bo‘yicha borishga ruxsat berilar, arzimagan qoidabuzarliklar uchun esa turli jazolar qo‘llanilardi.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tezkor-tergov harakatlari doirasida gumonlanuvchilarning yashash joylari va xo‘jalik obyektlarida tintuvlar o‘tkazildi.
Tintuvlar natijasida 13 nafar O‘zbekiston fuqarosi g‘ayriinsoniy sharoitlarda saqlanayotgan xonalar, shuningdek, hujjatlar, pul mablag‘lari va transport vositalari aniqlangan.
Rossiyada mehnat migrantlari uchun patent tizimi bekor qilinishi mumkin