TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari o‘tgan 24 soat davomida DXRning Muravka va Zaporojye viloyatining Novoivanovka aholi punktlarini ozod etdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
“Markaz” (Sentr) qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasi va Dnepropetrovsk viloyati hududida faol hujum harakatlarini davom ettirmoqda. Donesk Xalq Respublikasining Muravka aholi punkti ozod etildi. O‘tgan hafta davomida "Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasining ichkarisiga kirib bordi. Zaporojye viloyatining Novoivanovka aholi punkti ozod etildi", - deya ta’kidlanadi xabarda.
Jami bir hafta ichida to‘rtta aholi punkti ozod etilgan. Xususan, Dnepropetrovsk viloyatidagi Novonikolayevka va Zaporojye viloyatidagi Olgovskoe ham Rossiya nazoratiga o‘tgani ham ma’lum qilindi.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukraina Qurolli kuchlari quyidagi yo‘qotishlarga yuz tutdi:
667 ta samolyot;
283 ta vertolot;
85 035 ta uchuvchisiz uchish apparati;
628 ta zenit-raketa kompleksi;
25 172 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar;
1 592 ta reaktiv ko‘p baravar o‘t ochish tizimlari jangovar mashinalari;
29 721 ta dala artilleriyasi va minomot qurollari;
42 182 ta maxsus harbiy avtomobil texnikasi.