O‘zbekiston merganlari Janubiy Koreyadagi xalqaro musobaqasida g‘olib bo‘ldi

10 ta davlatdan 54 jamoa ishtirok etgan xalqaro musobaqada O‘zbekiston jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. O‘tkan yilgi musobaqada jamoa ikkinchi o‘rinni egallagan edi
Sputnik
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Janubiy Koreyada 8–15 sentabr kunlari o‘tkazilgan “II Xalqaro merganlar musobaqasi”da O‘zbekiston Mudofaa vazirligi merganlar terma jamoasi ishtirok etib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqada 10 ta davlatdan jami 54 ta jamoa ishtirok etdi. Xususan, O‘zbekiston, AQSh, Germaniya, Ruminiya, BAA, Qatar, Vyetnam, Tailand, Mo‘g‘uliston va mezbon Janubiy Koreyadan jamoalar qatnashdi.

Bellashuv shartlari tungi va kunduzgi sharoitda amalga oshiriladigan maxsus taktik mashqlarni o‘z ichiga oldi. Jamoalar shahar, tog‘ va o‘rmon muhitida to‘pponcha, avtomat hamda merganlik qurollari bilan turli masofadagi nishonlarga aniq o‘q otish mahoratini namoyish qildi.

Snayperi Uzbekistana stali pobeditelyami mejdunarodnogo sorevnovaniya
Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston merganlar terma jamoasi xorijiy davlatlar orasida birinchi o‘rinni egalladi:
I-o‘rin — O‘zbekiston (539,5 ball)
II-o‘rin — Vyetnam (534,7 ball)
III-o‘rin — AQSh (519,0 ball)
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilgi musobaqada ham O‘zbekiston jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Xalqaro musobaqa: o‘zbekistonlik merganlar 40 dan ortiq jamoa ichida eng ilg‘or deb topildi