Qozondan Toshkentga o‘zbek san’ati me’rosi olib kelinadi

Eksponatlar Islom sivilizatsiyasi markazida ko‘chma ko‘rgazma shaklida namoyish etiladi.
Sputnik
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Tatariston Milliy muzeyining “Islom xalqlari san’ati” to‘plamida jamlangan O‘zbekistonga oid eksponatlar Toshkentda namoyish etiladi.

Kolleksiya tarkibida XIX–XX asrlarga oid Shahrisabz so‘zanalari, ipak yo‘rmalar bilan bezatilgan to‘qimachilik asarlari va xalqimiz ma’naviy merosini aks ettiruvchi boshqa artefaktlar ham bor. Ular yurtimiz ijodkorligi, estetik didi va tarixiy xotirasining jonli guvohi sifatida qadrlanadi, - deyiladi xabarda.


Ko‘rgazmani Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyida namoyish etish rejalashtirilgan.

Ushbu tadbir — Tatariston Milliy muzeyi va O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi orasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikning mahsulidir. Bunday tashabbuslar ikki xalq orasida madaniy aloqalarni mustahkamlaydi, yosh avlodning tarix va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi, deyiladi xabarda.