TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari maxsus harbiy operatsiya hududidagi deyarli barcha yo‘nalishlarda hujumkor harakatlarni olib bormoqda. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy G‘erasimov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, eng shiddatli janglar Krasnoarmeysk yo‘nalishida kechmoqda. Bu yerda dushman barcha imkoniyatlarini ishga solgan bo‘lsa-da, Rossiya qo‘shinlarining hujumini to‘xtata olmayapti va vaziyatni qo‘lga olishga urinishi samara bermayapti.
Asosiy yo‘nalishlardagi vaziyat:
“G‘arb” guruh qo‘shinlari Kupansk yo‘nalishida hujumni rivojlantirmoqda, Ukraina kuchlari Serebranskoe o‘rmon xo‘jaligidan to‘liq siqib chiqarildi.
Avdeyevka ozod qilinishida qatnashgan jangchilar hozir Krasnoarmeysk yo‘nalishida muvaffaqiyatli harakat qilmoqda.
“Janub” guruhi hujum bo‘linmalari Seversk shahrida oldinga siljiyapti.
“Sharq” guruh qo‘shinlari Dnepropetrovsk va Zaporojye viloyatlarida hujumlarni davom ettirmoqda.
Valeriy G‘erasimov, shuningdek, Rossiya dengiz qo‘shinlarining rolini ham alohida e’tirof etdi:
“Ular Ugledar janglarida va Kursk yo‘nalishida raqib ustidan ustunlikni namoyon etib, rus askarlariga xos bo‘lgan eng yaxshi fazilatlarni – mardlik, qahramonlik va matonatni ko‘rsatdi. Ishonchim komilki, kelgusida ham barcha vazifalar muvaffaqiyatli bajariladi”, — dedi u.