Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Ukrainaning Sumi viloyatidagi zavodlarga zarba berdi

O‘tgan tunda Rossiya Ukrainaning Sumi, Xarkov, Poltava viloyatlaridagi harbiy va infratuzilma obyektlariga zarba berdi.
Sputnik
TOShKENT, 18 sen — Sputnik. Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaning Sumi viloyatidagi zavodlar va harbiy obyektlarga zarba berdi. bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
"Xususan, Konotop shahridagi "Motordetal-Konotop" zavodiga, Konotop klapan zavodiga va shahar g‘arbidagi mahalliy aerodromga qator zarbalar berildi”, — deyiladi xabarda.
Undan tashqari o‘tgan sutka davomida Ukraina hududidagi boshqa nishonlarga ham zarbalar berildi:
Sumi viloyatidagi mexanika zavodi, dizel poyezdlarini ta’mirlash zavodi, dron ishlab chiqarish quvvatlari va zirhli mashinalarni ta’mirlash ustaxonalariga;
Dobropole yaqinidagi omborlar va DXR chekkasidagi Slavansk aloqa infratuzilmasiga. U yerda nemis tilida so‘zlashuvchi askarlar bo‘lgan;
Uchuvchisiz apparatlarni ta’mirlash ustaxonasi va MLRS raketalari bilan jihozlangan omborlarga;
Xarkov viloyatida Markaziy Amerikadan kelgan yollanma askarlar joylashgan yotoqxonaga;
Vovchansk tomon harakatlanishga tayyorlanayotgan Ukraina qo‘shinlarining pozitsiyalariga;
Poltava viloyatidagi aviabaza infratuzilmasi va o‘quv markaziga.
Ukraina Qurolli Kuchlarining fuqarolik obyektlariga hujumlariga javoban, Rossiya muntazam ravishda UQKning xodimlar, texnika va yollanma askarlar joylashgan joylarga, shuningdek, Ukraina infratuzilmasiga: energetika obyektlari, mudofaa sanoati obyektlari, harbiy qo‘mondonlik va nazorat va aloqa vositalariga zarba bermoqda.