Bishkekda Turkiy davlatlar hukumat rahbarlari uchrashdi

Kun tartibiga savdo, investitsiya, transport, energetika va qishloq xo‘jaligida hamkorlik masalalari qo‘yilgan.
Sputnik
TOShKENT, 18 sen – Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti administratsiyasi binosida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo mamlakatlar hukumat rahbarlari va Turkiya vitse-prezidenti ishtirokidagi uchrashuv boshlandi. Bu haqda Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi matbuot xizmati xabar qildi.

Kun tartibida iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport, raqamlashtirish, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlik masalalari muhokama qilinishi ma’lum qilindi. Shuningdek, ilgari qabul qilingan qarorlar ijrosi va TDT faoliyat mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Uchrashuvda bir necha davlat vakillari ishtirok etmoqda:
Ozarbayjon respublikasi bosh vaziri Ali Asadov
Qozog‘iston respublikasi bosh vaziri Olzhas Bektenov
Qirg‘iziston respublikasi bosh mahkamasi raisi — Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Kasimaliev
Turkiya respublikasi vitse-prezidenti Jevdet Yilmaz
O‘zbekiston respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov
TDT bosh kotibi Kubanychbek Omuraliev.
Turkiy davlatlari tashkilotiga Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va O‘zbekistonni birlashtiruvchi xalqaro tashkilot bo‘lib, asosiy maqsadi turkiy davlatlar o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishdir.
O‘zbekiston TDT mamlakatlariga eksport hajmini ikki baravar oshirishi mumkin