TOShKENT, 17 sen – Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Aleksey Yerxovdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashdik. Ikki tomonlama kun tartibimizni ilgari surish va barcha sohalarda hamkorligimizni kengaytirishda yaqindan hamkorlik qilamiz. Elchi janoblariga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlar tilab qolamiz”, – deya yozdi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Eslatib o‘tamiz, 5-sentabr kuni Aleksey Yerxov Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi yangi elchisi lavozimiga tayinlangan edi. Bungacha u aynan shu maqomda Rossiyaning Turkiyadagi diplomatik missiyasini muvaffaqiyatli ravishda yakunlagan.