Mirziyoyev Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki rahbariyati bilan uchrashdi

Przident Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki rahbariyati bilan uchrashib, kambag‘allikka qarshi kurash hamda infratuzilma va ijtimoiy sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida Jahon bankining global direktori Luis Felipe Lopes-Kalvani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Jahon banki bilan strategik sheriklikni, eng avvalo, kambag‘allikka qarshi kurashish sohasida yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ushbu global moliyaviy institut bilan amaliy hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani qayd etildi.
O‘zbekiston bankning makromintaqadagi yetakchi hamkorlaridan biridir. Loyihalar portfeli 14 milliard dollardan oshdi.
Jahon bankining faol ko‘magida kambag‘allik darajasini aniqlash metodologiyasi ishlab chiqildi. Ayni paytda O‘zbekistonda kambag‘allik va tenglik ko‘rsatkichlari birgalikda diagnostika qilinmoqda.
"Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish doirasida xotin-qizlar va yoshlar uchun ish o‘rinlari yaratish, shahar va qishloqlarning ijtimoiy infratuzilmasini modernizatsiya qilish, turizmni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan qo‘shma loyiha tayyorlash taklif qilindi.
Xususiy sektor loyihalarini ilgari surish, o‘rta muddatli rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish, aholini ro‘yxatga olish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Inmin Yangni qabul qildi.
Keyingi yillarda OTB bilan hamkorlik yuksak darajaga erishilgani qayd etildi. Bugungi kunda "yashil" energetika, transport, raqamli transformatsiya, ta’lim va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalar portfeli 14 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Prezident prinyal vitse-prezidenta Aziatskogo banka razvitiya

Davlat rahbari OTB bilan infratuzilma, davlat-xususiy sheriklik, biznes, ijtimoiy soha va kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli strategik sheriklik dasturini tayyorlash muhimligini qayd etdi.

Kambag‘allikka qarshi kurashish, muhim minerallarni qayta ishlash, budjetni qo‘llab-quvvatlash, qo‘shma investitsiya platformasini yaratish bo‘yicha loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bank Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni kelgusi yilda O‘zbekistonda o‘tkazish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
O‘zbekiston ITBga Strategik sheriklik dasturini qabul qilishni taklif etdi