TOShKENT, 17 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) uzoq muddatli ilmiy-texnik rivojlanish dasturi tasdiqlandi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashi Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining ilmiy-texnik rivojlanishiga oid uzoq muddatli strategik dasturi to‘g‘risidagi farmoyishni qabul qildi”, – deyiladi xabarda.
Mazkur hujjat Yevrosiyo iqtisodiy integratsiyasini 2025-yilgacha rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgani aytilmoqda.
U YeOIIga a’zo davlatlarning qo‘shma innovatsion loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha kuchlarini birlashtirish orqali raqobatbardosh ilmiy-tadqiqot salohiyatini shakllantirish, shuningdek, Ittifoq mamlakatlari iqtisodiyotlarining texnologik darajasini oshirishga qaratilgan.
Dasturda quyidagilar belgilangan:
o‘zaro manfaatli sohalar;
a’zo davlatlarning ilmiy-texnikaviy rivojlanish sohasida tajriba almashish va o‘zaro hamkorlik qilish tartibi;
qo‘shma tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni tashkil etish mezonlari.
Shuningdek, unda a’zo davlatlar tomonidan amalga oshirilayotgan hamkorlikning yo‘nalishlari va ustuvor jihatlari ham hisobga olingan.