TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida Norin GESlar kaskadini borib ko‘rdi.
2024 yilning 25-mart kuni tamal toshi qo‘yilgan inshootning dastlabki bosqichi bugun ishga tushdi. GES-1 to‘liq mahalliy mahsulot va uskunalar asosida barpo etildi. Shu ma’noda, uni “birinchi milliy GES” deyish mumkin.
2024 yilning 25-mart kuni tamal toshi qo‘yilgan inshootning dastlabki bosqichi bugun ishga tushdi. GES-1 to‘liq mahalliy mahsulot va uskunalar asosida barpo etildi. Shu ma’noda, uni “birinchi milliy GES” deyish mumkin.
GES-1 yillik 171 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Bu yerda 130 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Undan 430 mingta xonadon elektr energiyasi bilan ta’minlanadi, yiliga 290 million kub metr gaz tejaladi.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya pervoy elektrostansiyey Narinskogo kaskada GES
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekiston gidroenergetikasi tarixida ilk bor ushbu loyiha doirasida gorizontal kapsula shaklidagi gidroagregatlar joriy etildi. Ular kichik bosim sharoitida ham yuqori samaradorligi bilan ajralib turadi va milliy gidroenergetika sohasida yangi bosqichni boshlab bermoqda.
GESda suv to‘sish inshooti ham qurildi. Shuningdek, hududda ma’muriy va xizmat binolari, dispetcherlik punkti barpo etildi. Atrof muhitni muhofaza qilish va hududni obod qilish maqsadida 6 ming tup manzarali daraxt ekildi.
Rejaga ko‘ra, Norin darosida jami 6 ta GES kaskadi quriladi. Loyihaning umumiy qiymati 428 million dollardan ziyod, umumiy quvvati 228 megavatt bo‘ladi. GESlarning ikkinchi va uchinchi 2026-yilda, qolgan stansiyalar esa 2027-yilda ishga tushiriladi. Har bir stansiyaning quvvati 38 megavatt bo‘lib, ularning faoliyatida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi.