TOShKENT, 16 sen — Sputnik. 2025 yilning 4-15 sentabr kunlari Samarqand shahrida shaxmatda jahon chempionligi uchun saralash turkumining eng muhim bosqichlaridan biri — FIDEning Grand Swiss musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Jami 172 nafar shaxmatchi qatnashgan musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 855 ming AQSh dollarini tashkil etdi.
Turnirda gollandiyalik grossmeyster Anish Giri g‘olib bo‘ldi va kubok hamda 90 ming dollarlik bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Ikkinchi o‘rinni Mattias Blyubaum (Germaniya) egalladi. Uchinchi o‘rinni Alireza Firuzdja (Fransiya) egalladi.
Ayollar o‘rtasida Vayshali Rameshbabu (Hindiston) va Katerina Lagno (Rossiya) birinchi o‘rinni egalladi. Bronza medali Bibisara Assaubayevaga nasib etdi (Qozog‘iston).
V Samarkande zavershilsya shaxmatniy turnir Grand Swiss
© Ofitsialniy sayt FIDE
Turnirning yopilish marosimi “Silk Road by Minyoun” mehmonxonasining anjumanlar zalida bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev va FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich ishtirok etdi.
Dvorkovich turnir Samarqandda o‘tkazilishining ramziy ahamiyatini ta’kidlab, bu qadimiy shahar shaxmatda chuqur ildizlarga ega ekanini hamda o‘yinning kelajagi ramzi sifatida namoyon bo‘lishini qayd etdi.
U 2026-yilda shaxmat olimpiadasi aynan shu yerda o‘tkazilishini eslatib, O‘zbekiston bilan hamkorlikni davom ettirishga ishonch bildirdi.