TOShKENT, 16 sen — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Doha shahrida bo‘lib o‘tgan favqulodda arab-islom sammiti yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokchilarga yo‘llagan murojaatini yetkazdi.
"Prezidentimiz bayonotida Qatar xalqi va barcha musulmon mamlakatlari bilan mustahkam birdamligini qayt etib, Yaqin Sharqda tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan so‘nggi harbiy tajovuzni keskin qoraladi", —deb yozdi Saidov o‘z Telegram-kanalida.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston o‘zining qat’iy pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi:
️Barcha mojarolar tinch yo‘l va diplomatiya yordamida hal qilinishi lozim;
️Xalqaro hamjamiyat zo‘ravonlikni to‘xtatish va vaziyatning yanada keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun shoshilinch choralar ko‘rishi zarur;
️BMT qarorlariga muvofiq Falastin xalqining mustaqil davlat tuzish bo‘yicha qonuniy huquqi hurmat qilinishi shart;
️O‘zbekiston jabrlanganlarga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyor, bu allaqachon mamlakatimizda falastinlik fuqarolarning bir guruhini qabul qilish va qo‘llab-quvvatlash orqali namoyon bo‘ldi.
Sammit mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida birlikni namoyish etish va samarali qo‘shma qarorlar ishlab chiqish uchun muhim platforma vazifasini o‘taydi.