Korrupsiya haqida xabar berish tizimida kamchiliklar ko‘p — Burxonov

Korrupsiyaga qarshi kurash natijasida davlat xaridlarida 13,8 trillion so‘m iqtisod qilingan.
Sputnik
TOShKENT, 16 sen — Sputnik. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashga jamoatchilikni jalb qilish tizimi hozircha sust ishlamoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov ma’lum qildi.

Rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yilmagan

Korrupsiya haqida xabar berganlarni rag‘batlantirish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020-yil 31-dekabrda tasdiqlangan edi. Lekin shu vaqtga qadar atigi 147 nafar fuqaro rag‘batlantirilgan.
Masalan 2024-yilda jami 31 kishi rag‘batlantirilgan bo‘lsa shundan ham 28 nafariga tashakkurnoma berilgan xolos, pul berilmagan. Vaholanki, korrupsiyani oldini olish natijasida tejab qolingan summadan kelib chiqib mukofot puli berilishi kerak edi, deydi Burxonov.
Bunday bo‘lishiga sabab amaldagi tizimidagi kamchiliklar: pul mukofoti taklifi avval komissiyaga kiritilishi kerak, u ko‘rib chiqanidan keyin beriladi. Eng asosiysi bunga ma’sul idora belgilanmagan. Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi umumiy hisobini (statistikasini) yuritadi deyilgan xolos.
Ushbu holatlarni oldini olish maqsadida Qo‘mita nizomiga tegishli o‘zgarishlar kiritish haqida qonun loyihasi ishlab chiqdik, deb qo‘shimcha qildi Burxonov.

Xabar beruvchilar himoyalanmagan

O‘tkazilgan so‘rovlarda aholining qariyib 30 foizi korrupsiya haqida xabar berishga qo‘rqishini ma’lum qilgan. Jurnalist va blogerlar bilan uchrashuvda ushbu masala yanada ko‘proq ko‘tarilmoqda. OAV vakillari biror surishtiruv boshlasa davlat idoralari tomonidan tahdidlar boshlangan holatlar bo‘lgan.
Ushbuni oldini olish maqsadida bugungi kunda korrupsion jinoyatlar haqida xabar berganlarni himoya qilish to‘g‘risida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bunda ularni himoya qilish mexanizmi va tartiblari belgilanmoqda. Jurnalistlarni himoya qilishga qaratilgan alohida moddalar kiritilgan.
Ushbu qonunlar qabul qilinganidan so‘ng fuqarolar korrupsiya haqida emin-erkin xabar bera oladi.
Burxonov aytishiga ko‘ra, korrupsiyaviy jinoyatlar uchun nafaqat ma’muriy balkim jinoiy javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida ham qonunga tegishli o‘zgarishlar kiritish ko‘rib chiqilmoqda.
Mirziyoyev raisligida korrupsiyaga qarshi kurashish choralari muhokama qilindi