Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining asosiy vazifalari belgilandi

Agentlik Prezident administratsiyasi huzurida faoliyat yuritadi va ta’lim sifatini nazorat qiluvchi organ hisoblanadi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezident qarori (PQ–275-son) bilan Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi maqomi, vazifa va funksiyalari, vakolatlari, huquq va majburiyatlari, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Agentlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi, jumladan:
ta’lim tashkilotlarida ichki sifat nazorati mezonlari va tartiblarini takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar berish;
ta’lim tashkilotlarida ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini o‘rganish yuzasidan ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish hamda so‘rovnomalar o‘tkazish.
Agentlik tuzilmasiga Agentlikning markaziy apparati hamda Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti kiradi.
Agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Milliy tarbiya modeli: ta’limga oid yig‘ilishdan asosiy ma’lumotlar