Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun OTMlarga 6500 ta qo‘shimcha qabul kvota rejalashtirilmoqda

Kvotalar mamlakatning Toshkent shahri va Qoraqolpog‘iston Respublikasidan boshqa hududlardagi oliy ta’lim muassasalari uchun beriladi.
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Oliy ta’lim muassasalariga qabul komissiyasiga qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha taklif kiritdi. Bu ma’lumotni Vazirlar Kengashi mas’ullari Sputnik muxbiriga tasdiqladi.
Taklifga ko‘ra, qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar va tarmoqlar kesimida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 6500 ta qo‘shimcha kvota ajratish rejalashtirilgan.
Agar taklif komissiya tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, qo‘shimcha qabul kvotalari ajratiladi. Kvotadan kirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar foydalanishi mumkin
Eslatib o‘tamiz, Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun qo‘shimcha kvotalar ajratilishi O‘zbekiston prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son farmonida belgilangan
Ma’lumot uchun, qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun 2024-yilda 10 mingta qo‘shimcha kvota tasdiqlangan edi.
O‘zbekiston maktablarida yagona davlat imtihonlari joriy etiladi