O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda biznes va iste’molchilar uchun xavfsiz va shaffof muhit yaratilmoqda

Diqqat markazida -internet tarmog‘idagi qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish va sanoat mulki obyektlarini tekshirish uchun qidiruv xizmatini yaratish
Sputnik
TOShKENT, 15 sen — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) biznes va iste’molchilar uchun xavfsiz va shaffof muhit yaratilmoqda, deb xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi matbuot xizmati.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiya (YeIK) hay’ati huzuridagi Intellektual mulk bo‘yicha maslahat qo‘mitasi yig‘ilishida Ittifoq doirasidagi intellektual mulk sohasidagi asosiy tashabbuslar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, YeOII mamlakatlarida o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha 6,6 mln kontrafakt tovarlar aniqlangan, intellektual mulk sohasida 1 465 ta huquqbuzarlik qayd etilgan.
Ushbu ma’lumotlar YeOII mamlakatlarida intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish sohasidagi huquqni qo‘llash amaliyoti monitoringi bo‘yicha 2024-yil uchun taqdim etilgan hisobotda aks ettirilgan.

"Antireytingda kundalik ehtiyoj tovarlari: kiyim-kechak va poyabzal, maishiy texnika, avtomobil ehtiyot qismlari, shuningdek, parfumeriya va kosmetika yetakchilik qildi. Aynan shu toifalar qoidabuzarlar uchun eng zaif hisoblanadi," - dedi YeIK iqtisodiyot va moliyaviy siyosat vaziri Baxit Sultanov.

Internet tarmog‘idagi qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish, sanoat mulki obyektlarini tekshirish uchun qidiruv xizmatini yaratish e’tibor markazida bo‘ldi.
Ushbu chora-tadbirlar Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini 2025-yilgacha rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini amalga oshirish rejasining bir qismidir. Ular biznes va iste’molchilar uchun xavfsiz va shaffof muhit yaratishga qaratilgan.
Shuningdek, AT obyektlarining yagona bojxona reyestrini ishga tushirish va YeOII tovar belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini joriy etish haqida so‘z bordi.
Ishtirokchilar bojxona organlari va huquq egalari o‘rtasida elektron axborot almashinuvini tashkil etish hamda Mualliflik va turdosh huquqlarni jamoaviy asosda boshqarish tartibi to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda mulk obyektlari haqida ma’lumot qidirish xizmati ishga tushiriladi