TOShKENT, 14 sen – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa mamlakatlariga Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha bajarib bo‘lmaydigan shartlarni qo‘ydi. Bu haqda “The New York Times” (NYT) gazetasi yozmoqda.
Nashr Tramp Yevropa yetakchilari bilan telefon suhbatida ularni Rossiya neftini xarid qilishni kamaytirishga chaqirganini eslatdi.
“Bu shart muqarrar bajarilmaydi, va Tramp uning maslahatchilari bilan buni biladi”, - deyilgan xabarda.
Gazetaning qayd etishicha, Vengriya va Turkiya Trampning bu chaqirig‘ini qo‘llashi dargumon.