Namanganda temir yo‘l kesishmasidagi YTHda 6 kishi halok bo‘ldi

Mashina haydovchisi yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan temir yo‘lni kesib o‘tishga uringan.
Sputnik
TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Namangan viloyatidagi temir yo‘lning Chortoq va Uychi bekatlari o‘rtasidagi kesishmada poyezd “Gentra” bilan to‘qnashdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, “Gentra” haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan temir yo‘lni kesib o‘tishga uringan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mashinada olti kishi bo‘lgan: besh ayol va kichik bola. Kuchli to‘qnashuv oqibatida mashinada hech kim omon qolmagan.
Poyezd mashinistlari shoshilinch tormozni qo‘llashgan, ammo fojianing oldini olishning iloji bo‘lmagan. Poyezdga kam miqdorda zarar yetgan.
Angrenda ayanchli YTH: 7 kishi halok bo‘ldi