TOShKENT, 14 sen – Sputnik. Armaniston hukumati Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi vaqtinchalik savdo bitimini ratifikatsiya qilishni ma’qulladi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar berdi.
“27 iyun kuni Minskda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va uning a’zo davlatlari o‘rtasida imzolangan vaqtinchalik savdo bitimini ratifikatsiya qilishni ma’qullasin”, - deyilgan hujjatda.
Hujjat uning bandlari Armaniston konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash Konstitutsiyaviy sudga uchun yuboriladi va ijobiy xulosa chiqarilgan taqdirda uni ratifikatsiya qilish uchun Milliy Assambleyaga (Armaniston parlamenti – tahr.) beriladi.
Avvalroq Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Reshetnikov kelishuv 367 ta tovar pozitsiyasiga taaluqli ekanligini aytgandi.
Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Bakitjan Sagintayevning aniqlik kiritishicha, vaqtinchalik savdo kelishuvi doirasidagi tarif imtiyozlari YeOOIning Mo‘g‘ulistonga eksport qilinadigan 2 milliard dollar miqdoridagi 90 foizdan ortig‘ini qamrab oladi.