Xorijdan bir oy ichida 1,3 ming fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Qiyin vaziyatga qolgan eng ko‘p fuqaro Rossiyadan qaytarilgan - 993 kishi.
Sputnik
TOShKENT, 12 sen – Sputnik. O‘zbekiston hukumati 15 ta xorijiy mamlakatda qiyin vaziyatga qolgan 1300 fuqaroga vatanga qaytishga yordam berdi. Bu haqda mamlakat Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ular 30-iyuldan 30-avgustgacha davom etgan “Vatanga qaytarish” xayriya aksiyasi doirasida qaytarildi.
Migratsiya agentligi axborot xizmati boshlig‘i-direktor matbuot kotibi Mehrojiddin Darxonovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadan 993 kishi, Turkiyadan 106 kishi, AQShdan 56 kishi, Qozog‘istondan 39 kishi qaytarilgan.
Bundan tashqari, Janubiy Koreya (8 kishi), Armaniston (4 kishi), Hindiston, Yaponiya, Belarus, Polsha (3 nafardan), Misr (2 kishi), Qirg‘iziston, Saudiya Arabistoni, Latviya, Ozarbayjondan (bir nafardan) fuqarolar oilasi bag‘riga qaytarildi.
Aniqlik kiritilishicha, qaytarilganlarning 654 nafar ayollar va 438 nafari esa bolalar tashkil etadi. Xorijda deportatsiya markazlarida bo‘lgan 163 kishi ham vatanga olib kelingan.
Ta’kidlanishicha, hozir Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul idoralar, bandlik va ijtimoiy himoya organlari xorijdan qaytarilgan fuqarolarni reintegratsiya qilishga oid tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xabarda bunday tadbirlar davom ettirilishi qo‘shimcha qilingan.
Rossiyaga 2025-yilda kelgan xorijliklarning asosiy qismini o‘zbekistonliklar tashkil qildi