TOShKENT, 12 sen – Sputnik. Rossiyaning "Sharq" qo‘shinlari guruhi harbiy xizmatchilar Dnepropetrovsk viloyatidagi Novopetrovskoe aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
“O‘tgan hafta mobaynida "Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari hujumkor harakatlari natijasida Dnepropetrovsk viloyatining Xoroshee, Sosnovka va Novopetrovskoe aholi punktlari ustidan nazoratni o‘rnatdi”, – deya ta’kidlandi vazirlik bayonotida.
Shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining to‘rtta brigadasi, dengiz piyodalari brigadasi va uchta hududiy mudofaa brigadasining jonli kuchlari va harbiy texnikasiga zarba berilgan.