TOShKENT, 12 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Xorazm viloyatida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijalari hamda yangi rejalar yuzasidan batafsil axborot berildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 8-yilda viloyatga 2 milliard dollar investitsiya jalb qilinib, 25 mingdan ortiq sanoat korxonalari ish boshlagan. Ishlab chiqarish hajmi 2,2 barobarga oshgan. Bugungi kunda esa to‘qimachilik, avtomobilsozlik, elektr texnikasi, oziq-ovqat va qurilish materiallari sanoati yo‘lga qo‘yilgan.
Glave gosudarstva predstavili informatsiyu o xode reform i planax razvitiya Xorezmskoy oblasti
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shuningdek, Toshsoqa magistral kanalining qayta tiklanishi sug‘orish tizimi yaxshilanib, Amudaryo ustida yangi ko‘prik qurilishi esa hudud aholisi uchun muhim transport qulayliklarini yaratilgani ham ma’lum qilindi.
Bundan tashqari, 660 ta ko‘p qavatli uy qurib bitkazilgan va 21 ming oila yangi turar joy bilan ta’minlandi. Shuningdek, 4 751 km ichimlik suvi va 206 km kanalizatsiya tarmog‘i barpo etilgan. Natijada 580 ming aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvidan foydalanish imkoniga ega bo‘lgani ma’lum qilindi.
“Joriy yil boshidan buyon 100 ming ehtiyojmand aholi ish bilan ta’minlandi. Kambag‘allik darajasi yanvardagi 12 foizdan 6,8 foizga tushib, respublika bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etildi”, – deyiladi xabarda.
Hududda “Islohotlar shtabi” tashkil etilib, tadbirkorlarning takliflari asosida yangi loyihalar taqdim etildi:
Janubiy Koreyadan jalb qilingan 100 mln dollar investitsiya asosida chiqindi yoqish orqali elektr energiyasi olish loyihasi amalga oshiriladi;
Avstraliya kompaniyasi 820 mln dollar kiritib, 600 ming tonna ekologik toza aviatsiya yoqilg‘isi va 50 ming tonna “yashil dizel” ishlab chiqarish loyihasini boshlaydi;
Slovakiya kompaniyasi 170 mln dollar hisobiga 5 ming gektarda raps yetishtirib, bioyoqilg‘i zavodi qurishni boshlaydi.
Umuman olganda, Xorazmda 2,4 milliard dollarlik yangi loyihalar tayyorlangan. Qo‘shimcha imkoniyatlar asosida yana 86 million dollarlik istiqbolli tashabbuslar ishlab chiqilgan.
Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergan. Sanoat zonalaridan to‘liq foydalanish, infratuzilma va yer masalalarini hal qilib, 100 dan ortiq loyihalarni ishga tushirish zarurligi kun tartibiga qo‘yilgan.
Shuningdek, viloyatning ichki salohiyatini to‘liq safarbar etgan holda sanoat yo‘nalishlarini puxta rejalashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish muhim vazifalar sifatida belgilangan.