MDH davlatlari doimiy vakillari kengashi yig‘ilishi qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Yig‘ilishdan so‘ng tashkilotga a’zo davlatlarning rahbarlari uchrashuviga tayyorgarlik jarayoni boshlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 12-sen – Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo mamlakatlar doimiy vakolatli vakillari kengashining navbatdagi yig‘ilishi joriy yilning 16-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

"Uchrashuvda doimiy vakillar, hukumat rahbarlari kengashi, tashqi ishlar vazirlari kengashi va davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishlariga tayyorgarlik jarayonini ko‘rib chiqadilar”, – deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, MDHga a’zo mamlakatlar hukumatlari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi 29-sentabr kuni Minskda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Oktabr oyida Dushanbeda MDH davlat rahbarlari kengashi va tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishlari bo‘lib o‘tishi ham ma’lum qilindi.
Matbuot markazi
O‘zbekiston MDH doirasida korrupsiyaga qarshi hamkorlikni qanday kuchaytiradi — video