TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Toshkentda “O‘zbekistonda markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish” mavzusida O‘zbekiston - Koreya forumi ish boshladi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uning avvalida qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, “Issiqlikta’minoti” AJ boshqaruv raisi Ilhom To‘rayev hamda Koreya markaziy issiqlik ta’minoti korporatsiyasi bosh direktori Jeong Yong Ki o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda hamkorlik loyihalarining mavjud holati hamda bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar va tashabbuslar muhokama qilindi.
Xususan, Koreya tajribasiga asoslangan zamonaviy markazlashgan issiqlik ta’minoti texnologiyalarini joriy qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun: Koreya markaziy issiqlik ta’minoti korporatsiyasi (KDHC)1985 yilda AJ sifatida tashkil etilgan davlat muassasasi hisoblanadi. Mamlakatdagi 2 milliondan ortiq uyni markazlashgan issiqlik ta’minoti, sovutish va elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Korporatsiyaning mamlakat bo‘ylab 6 ta ofis, 19 ta filial va 15 ta issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Milliy operator maqomiga ega