Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Dnepropetrovsk viloyatidagi Sosnovkani ozod qildi

Dushman salmoqli yo‘qotishlarga yuz tutgan: 265 nafardan ortiq shaxsiy tarkib a’zolari, 2 ta jangovar zirhli mashina, 9 ta avtomobil va radioelektron kurash stansiya.
Sputnik
TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan Dnepropetrovsk viloyatidagi Sosnovka qishlog‘ini ozod etildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Aholi punkti "Sharq" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalarining faol hujum harakatlari natijasida ozod qilingan.
Bundan tashqari, rossiyalik jangchilar Zaporojye viloyatining Chervoniy hamda Dnepropetrovsk viloyatining Ivanovka, Verbovoe, Kalinovskoe va Vishnevoe hududlaridagi Ukraina Qurolli kuchlarining to‘rtta brigadasi tuzilmalariga zarba bergan.
Dushman yo‘qotishlari quyidagilardan iborat bo‘ldi:
265 nafardan ortiq shaxsiy tarkib a’zosi;
2 ta jangovar zirhli mashina;
9 ta avtomobil;
radioelektron kurash stansiyasi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Yolg‘on va ig‘vo: Rossiya Mudofaa vazirligi Zelenskiyning bayonotini rad etdi