Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ishonchnomani onlayn rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi

Yangi platforma orqali davlat xizmatlaridan foydalanish va davlat xizmati natijalarini olish bo‘yicha boshqa shaxslarga ishonchnomalarni rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 10 sen – Sputnik. 2026-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda yangi onlayn-platforma – Vakolat.uz ishga tushiriladi. Bu prezidentning Prezidentning “Davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va burokratik jarayonlarni keskin qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
Platforma quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi:
davlat xizmatlaridan foydalanish va davlat xizmati natijalarini olish bo‘yicha boshqa shaxslarga ishonchnomalarni rasmiylashtirish;
yuridik shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan ishonchnomalarni ixtiyoriy ro‘yxatdan o‘tkazish;
barcha turdagi ishonchnomalarning haqiqiyligini onlayn rejimda tekshirish.
“Vakolat.uz” platformasidan bepul foydalanish mumkin.
Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan Davlat xizmatlari yagona reyestri Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “Davlat xizmatlari” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida yuritiladi.
Bunda har bir davlat xizmati bo‘yicha uning raqamli pasporti shakllantiriladi hamda har bir davlat xizmatini Davlat xizmatlari yagona reyestriga kiritish normativ-huquqiy hujjat asosida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatlaridagi burokratik talablar qisqartiriladi