Sovrin 72 ming dollar: “Gipertekst” mukofotiga o‘zbekistonliklar ham da’vogar bo‘lishi mumkin

Arizalar 2025-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi. Tanlovda nashriyotlar, ijodiy uyushmalar, mualliflar va adabiy blogerlar ishtirok etish imkoniga ega
Sputnik
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. A. B. Chakovskiy nomidagi "Gipertekst" Butunrossiya adabiy mukofoti o‘zining to‘rtinchi mavsumida rus tilida yozadigan xorijiy mualliflar uchun yangi nominatsiyani taqdim etdi.
Joriy yilda loyiha geografiyasini kengaytirish rejalashtirilgan davlatlar qatorida O‘zbekiston ham bor.

Mukofot hakamlar hay’ati va tashkiliy qo‘mitasi raisi Maksim Zamshevning ta’kidlashicha, rus tilida nafaqat Rossiya yoki MDHda, balki Hindiston, Xitoy hamda Eron va Janubiy Amerika mualliflarining qiziqarli asarlari yaratilmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday yozuvchilardan arizalar allaqachon kelib tushgan, shuning uchun proza va poeziya (nasr va she’riyat)da alohida nominatsiya ajratishga qaror qilindi.
2025 yilgi mavsumda tashkilotchilar Belarus, Abxaziya, Janubiy Osetiya va O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirgan.
Shu tariqa, rus tilida ijod qiluvchi mahalliy va xorijiy mualliflar, jumladan, o‘zbekistonlik yozuvchilar va adabiy blogerlar nufuzli loyihada ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
Mukofotning umumiy mukofot jamg‘armasi 6 million rublni (taxminan 72 ming dollar) tashkil etadi. Natijalar 2026-yilning bahorida e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, "Gipertekst" mukofoti Rossiya prezidentning Madaniy tashabbuslar jamg‘armasi ko‘magida "Literaturnaya gazeta" tomonidan ta’sis etilgan.
Mirziyoyev bir guruh marhum olim va ijodkorlarni taqdirladi