TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Nepal hukumati poytaxt Katmandu va mamlakatning boshqa shaharlaridagi ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.
Xabarda aytilishicha, 8-sentabr kuni parlament oldida "Z avlod inqilobi" yoshlar harakati aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Keyinchalik namoyishlar poytaxt va boshqa yirik shaharlarga tarqaldi. Asosan yoshlar va talabalardan iborat minglab ishtirokchilar 4-sentabrda joriy etilgan WhatsApp*, Facebook* va Instagram* taqiqlanishiga qarshi chiqishdi. Xavfsizlik kuchlari ularga qarshi suv purkagichlar, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va o‘qotar qurol ishlatdi.
9 sentabr kuni ham parlament oldida namoyishchilar yig‘ildi, hatto ularning bir qismi binoga bostirib kirdi.
Protesti v Nepale
© Getty Images / NurPhoto
Katmanduda cheklanmagan komendantlik soati joriy etildi, xalqaro aeroport yopildi, hukumat a’zolari harbiy vertolotlarda evakuatsiya qilindi. Sharma Oli umumpartiyaviy yig‘ilish chaqirib, xavfsizlikni ta’minlash uchun armiyadan yordam so‘radi.
Tartibsizliklar oqibatida bir qator iste’folar sodir bo‘ldi: ichki ishlar vaziri Ramesh Lexak lavozimidan ketdi, bosh vazir Sharma Oli esa konstitutsiyaviy yo‘l bilan inqirozni hal qilish maqsadida vakolatlarini topshirishini ma’lum qildi.
Protesti v Nepale
© Getty Images / NurPhoto
Noroziliklar davomida namoyishchilar bosh vazirning Balkotdagi xususiy qarorgohini, prezident Ram Chandra Paudelning uyini va bir qator siyosatchilar — jumladan maoistlar yetakchisi Pushpa Kamal Daxal, aloqa vaziri Gurung hamda iste’foga chiqqan vazir Lexak uylariga o‘t qo‘yishdi.
*Rossiyada ekstremistik deb topilgan va taqiqlangan “Meta” kompaniyasiga qarashli