Xitoy zilziladan jabr ko‘rgan Afg‘onistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi

Ikki Y-20 transport samolyotida olib kelingan yordam Qobul aeroportiga yetkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Kunar viloyati va qo‘shni hududlarda yuz bergan kuchli zilziladan so‘ng Xitoy hukumatining ilk insonparvarlik yordami Afg‘onistonning Kobul aeroportiga yetkazildi, deya xabar bermoqda "Xinhua" agentligi.
Xabarga ko‘ra, yordamni tashishda Xitoy xalq ozodlik armiyasining ikkita Y-20 harbiy transport samolyoti jalb etilgan. Ular orqali chodirlar, tibbiy anjomlar va boshqa zarur jihozlar Afg‘oniston tomoniga yuborilgan.
Tadbir xususida Xitoy elchixonasining vaqtincha ish yurituvchisi Bao Shuxuy quyidagicha fikr bildirdi: “Zilziladan jiddiy zarar ko‘rgan hududlarda katta fojia yuz berdi. Shu bois Xitoy hukumati zudlik bilan insonparvarlik yordamini ko‘rsatishga qaror qildi. Bu Afg‘oniston hukumati va xalqiga bo‘lgan do‘stligimizning yorqin ifodasidir”.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston ham zilzila oqibatida aziyat chekkan Afg‘oniston aholisi uchun insonparvarlik yordamini yuborgan edi.
Mirziyoyev Afg‘oniston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi