TOShKENT, 8 sen – Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azo bo‘yicha kelishuv ustida ish jadallashgani, reja tez orada natija berishi va barcha garovga olinganlarni ozod etish ko‘zda tutilayotganini ma’lum qildi.
AQSh rahbarining ta’kidlashicha, hozirda ijobiy natija berishi kutilayotgan yechim ustida muzokaralar olib borilmoqda.
“Bu haqda tez orada xabar topasiz. Biz masalani hal qilish va garovdagilarni qaytarish uchun harakat qilyapmiz”, — dedi Tramp, qo‘shimcha tafsilotlarni ochiqlamasdan.
Oq uy, Trampning HAMASga yo‘llagan so‘nggi ogohlantirishidan keyin mojaroni yumshatish va gumanitar masalalarda amaliy qadamlar tashlanishiga umid bildirmoqda.