TOShKENT, 8 sen – Sputnik. "Yuksalish" harakati davlat organlari huzuridagi ayrim jamoatchilik kengashlari faoliyatining ochiqligiga oid monitoring o‘tkazdi.
Monitoring maqsadi — fuqarolar va fuqarolik jamiyati uchun ma’lumotlar qay darajada ochiq va dolzarb ekanini baholash edi.
Monitoring shaffoflik va ochiqlik tamoyillariga asoslangan bir nechta asosiy mezonlar bo‘yicha o‘tkazildi.
"Mazkur ma’lumotnomada hokimliklar saytlaridagi monitoring natijalari e’lon qilindi, biroq ko‘plab vazirliklar, agentliklar va idoralarda ham vaziyat shunga o‘xshash. Amaldagi qarorlarga muvofiq, saytlaridagi ma’lumotlar har uch oyda kamida bir marta yangilanib turilishi shart", - deyilgan xabarda
Jami 14 ta hokimlik va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi rasmiy saytlari o‘rganildi. Natijada Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari "yuqori darajada shaffoflik" deb baholandi.
Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyati hokimliklari "qisman shaffoflik" deb baholandi.
Buxoro, Andijon, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahar hokimligi hamda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi esa "past darajadagi shaffoflik" ko‘rsatdi — bu saytlarda ma’lumot yo‘q yoki yangilanmagan.
Proveden monitoring otkritosti deyatelnosti obshestvennix sovetov
© Yuksalish harakati rasmiy sayti
Masalan, Namanganda oxirgi ma’lumotlar 2022-yildan beri yangilanmagan, Farg‘onada esa faqat a’zolar ro‘yxati berilgan.