"Buxoro", "Sarvar", "Aziza": O‘zbekistonda ismli avtomobil raqamlari paydo bo‘ladi

Endi ko‘chalarda “FERUZ”, “NIGORA”, “NURIDDIN” yoki “BUXORO” kabi yozuvli mashinalarni uchratish mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekistonda avtomobillarga ism yoki maxsus so‘z yozilgan “noyob” davlat raqamlarini olish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda 4-sentabrdagi Hukumatning 562-son qarorida belgilandi.
Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 1-yanvardan boshlab “O‘zavtomotobelgi” davlat unitar korxonasi avtomobillar uchun oltitagacha harf va (yoki) raqamdan iborat kombinatsiyalardan tuzilgan noyob davlat raqami belgilarini elektron kimoshdi savdolari orqali berishni boshlaydi.

"Bunday raqamlar amaldagi tartibdagi raqamlarni takrorlamasligi, qonunchilikka zid yoki axloqiy meyorlarga xilof ma’noga ega bo‘lmasligi shart", - deyiladi xabarda.

Endi O‘zbekiston ko‘chalarida “FERUZ”, “NIGORA”, “NURIDDIN” yoki “BUXORO” kabi yozuvli mashinalarni uchratish mumkin bo‘ladi.
Piskent avtopoligonida avtomobil sinovlari to‘xtatildi