Buxoroda xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi boshlandi

Tadbirda san’at ixlosmandlari, xorijiy va mahalliy sayyohlar, 500 dan ortiq soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Buxoroning Mag‘oki Attoriy markazida birinchi bor xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Biyennalening asosiy maqsadi — O‘zbekistonning jahon madaniy xaritasidagi nufuzini oshirish, zamonaviy san’at, tarixiy meros, kreativ iqtisodiyot va turizm uyg‘unligini ta’minlashdir.
Bu yilgi Buxoro biyennalesining mavzusi "Qalblar dardiga darmon" bo‘lib, unda 70 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan rassom va hunarmandlar o‘z asarlarini namoyish etmoqda.
"Buxoroga kelganimda bu yerdagi me’morchilikdan juda ilhomlangan edim. Men asli Saudiya Arabistonidanman. Bizda bu turdagi ish “Mang‘ur” deb ataladi, Buxoroda esa “Panjara” deyishadi.
Mejdunarodnoe biyennale sovremennogo iskusstva v Buxare
Panjara — bu teshikchali ekran bo‘lib, u yerda ochiq va yopiq joylar bor, xuddi binar kod kabi. Algoritm naqshlarni tahlil qilib, kodlar yarata oladi. Va bu kodlar aynan shu ekranlardan paydo bo‘ladi.
Men bu asarni yaratishda Al-Xorazmiy va Ibn Sinodan asarlaridan ilhom oldim. Masalan, Ibn Sino qizil, ko‘k va sariq ranglarni davolovchi ranglar deb atagan.

Al-Xorazmiyning "Al-jabr” so‘zi esa shifo berish, davolash ma’nosini anglatadi. Shu bois mening ushbu ishim “Shifabaxsh algoritm” deb ataladi", - dedi saudiyalik mehmon.

Buxoro biyennalesi 5-sentabrdan 20-noyabrga qadar davom etadi.
"Shifobaxsh algoritm"