TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Aleksey Yerxov Rossiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin tegishli farmonni imzoladi.
“Yerxov Aleksey Vladimirovich Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlansin”, - deyilgan farmonda.
Shuningdek, Putin farmoni bilan 2021 yil martidan buyon Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan Oleg Malginov vazifasidan ozod qilingan.
Aleksey Yerxov bungacha Rossiyaning Turkiyadagi elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.