TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Rossiya iqtisodiyoti yuqori maoshlar iqtisodiyoti bo‘lishi shart, davlat amalga oshirayotgan strategiyaning ma’nosi shunda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forum (ShIF) yalpi majlisida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“Uzoq Sharq, Arktikani rivojlantirish, kelajak iqtisodiyotini barpo qilish odamlar farovonligi va ular daromadining o‘sishiga, malakali, yuqori maoshli ish joylari foydasiga bandlikning tuzilmaviy o‘zgarishiga olib kelishi shart. Biz bu mintaqalarda va butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirayotgan strategiyaning ma’nosi, mantig‘i shunda. Rossiya iqtisodiyoti yuqori maoshlar iqtisodiyoti bo‘lishi shart. Bu quruq gap emas, bu populizm emas: bunda iqtisodiy ma’no bor”, - dedi Rossiya rahbari.
Putinning aniqlik kiritishicha, so‘nggi o‘n yil ichida Uzoq Sharqda o‘rtacha oylik 2,5 baravarga oshgan. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra nominal ish haqi oyiga 100 ming rubldan oshgan. Shuningdek, mintaqada ishsizlik darajasi 2,4 foizgacha kamaygan.
X ShIF 3-6 sentabr kunlari Uzoq Sharq federal universiteti kampusida bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi forumning mavzusi "Uzoq Sharq — tinchlik va taraqqiyot uchun hamkorlik".
Sputnik — forumning bosh axborot hamkori