TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Ko‘plab Yevropa kompaniyalari Rossiyadan siyosiy sabablarga ko‘ra o‘zlari uchun ziyon bilan ketdi, lekin qaytishni istashmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forum (ShIF) yalpi majlisida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“Siyosiy sabablarga ko‘ra ko‘plab Yevropa kompaniyalari o‘zlari uchun ziyon bilan ketishdi. Biroq biz bilamiz, aloqalarimiz bor, ko‘plari har qanday siyosiy xususiyatga ega cheklovlar tugashini intizorlik bilan kutishapti va har qanday soniyada qaytishni istagan bo‘lishardi”, - dedi Rossiya rahbari.
X ShIF 3-6 sentabr kunlari Uzoq Sharq federal universiteti kampusida bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi forumning mavzusi "Uzoq Sharq — tinchlik va taraqqiyot uchun hamkorlik".
Sputnik — forumning bosh axborot hamkori.