“O‘zbekneftegaz” Farg‘ona vodiysiga benzin yetkazib berishni oshirdi

Bugungi kunga qadar kunlik o‘rtacha sarf hajmi 250-300 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, endilikda 7 karra ko‘proq, ya’ni 2000 tonna benzin shoxobchalarga yetkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. “O‘zbekneftegaz” Farg‘ona vodiysiga benzin yetkazib berishni 7 baravarga oshirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, hudud aholisining avtobenzinga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish maqsadida birja savdolariga Farg‘ona vodiysi uchun 2000 tonna benzin qo‘yiladi.
"Bu ko‘rsatkich shu kunga qadar o‘rtacha kunlik 250, 300 tonnani tashkil etardi. 2000 tonna odatiy kunga nisbatan 7 karra ko‘p degani", - deyilgan xabarda.
Shuningdek, neft bazalar faoliyati 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazilib, avtobenzinni hududiy AYoQShlarga uzluksiz yetkazib berish ta’minlanishi ham aytilmoqda.
Eslatamiz, avvalroq ta’mirlash ishlari sababli 5-6 sentabr kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari (AGTKSh) hamda yirik iste’molchilarning gaz ta’minoti vaqtincha cheklangan edi.
Farg‘ona vodiysida "metan zapravkalarda" vaqtincha cheklov kiritiladi