Olmoata aeroportida atom bombasi haqida hazil qilgan o‘zbekistonlik jarimaga tortildi

Noo‘rin xazil o‘zbekistonlik yo‘lovchiga qimmatga tushdi: u Olmaota aeroportida qariyb 1,81 mln so‘m, ya’ni 78,6 ming tenge jarimaga tortildi
Sputnik
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. O‘zbekistonlik 18 yoshli yo‘lovchi Olmaota aeroportida noo‘rin hazil qildi va jarimaga tortildi, deb xabar berdi Qozog‘iston transport politsiyasi departamenti.
Hodisa 2-sentabr kuni sodir bo‘lgan. Xalqaro parvozlarni ro‘yxatdan o‘tkazish peshtaxtasida bu yigit hazillashib, bagajida atom bombasi borligini aytgan.

"Chet el fuqarosi mayda bezorilik uchun javobgarlikka tortildi va unga 20 AYeK (oylik hisoblangan ko‘rsatkichlar), ya’ni 78 640 tenge miqdorida jarima solindi", - deyiladi politsiya xabarida.

Qozog‘iston tog‘larida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi