"Belarus hamkorlar bilan savdoni yanada rivojlantirish maqsadida biz Minsk va Toshkentda ofislari, shuningdek, savdo uylari va ularda doimiy faoliyat yurituvchi shourumlari mavjud qo‘shma ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyani tashkil etish ustida ishlamoqdamiz. Ushbu chora-tadbirlar ikkala mamlakat bozorlarida mahsulotlarni yanada samarali targ‘ib qilishni ta’minlash, logistika va bojxona protseduralarini soddalashtirish, yetkazib berish muddatlari va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi", – deydi Teshaboyev.
"Hamkorligimiz yanada keng ko‘lamli bo‘lishi va o‘zaro muvofiqlik hamda samarali kooperatsiya asosida rivojlanishi mumkin. Belarus kompaniyalarini O‘zbekistonda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga va keyinchalik ularni Janubiy Osiyo mamlakatlariga eksport qilishga taklif etamiz. Bu mamlakatlar bizning qo‘shnilarimiz – Afg‘oniston, Pokiston va Hindistondir. Ushbu mamlakatlarning jami aholisi 1,5 milliarddan ortiq bo‘lib, bu ulkan bozorni tashkil etadi”, – deya xulosa qilgan Xurram Teshaboyev.