TOShKENT, 2-sen – Sputnik. Joriy yilning ikkinchi yarmida dunyodagi eng ulkan qidiruv tizimi – "Google" hamda Isroil hukumati o‘rtasida umumiy qiymati 45 mln dollarga teng kelishuv imzolangani fosh bo‘ldi. Bu haqda "Anadolu Ajansi" agentligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu harakatning tagiga yetib, uni "Drop Site News" axborot saytining jurnalistlari fosh etishgan.
Ta’kidlanishicha, loyiha doirasida "Google" avj olgan tanqidiy voqealar — G‘azoga insonparvarlik yordami to‘sib qo‘yilgani ortidan Isroil hukumatining rasmiy fikrlarini tarqatishda muhim rol o‘ynagan. Bu orqali global hamjamiyatda G‘azoda ochlik yo‘q degan tasavvurni uyg‘otish maqsad qilingan edi, deyiladi agentlik xabarida.
Shuningdek, X (Twitter) platformasi uchun 3 mln dollar va Outbrain/Teads reklama platformasi uchun 2,1 mln dollar miqdorida alohida shartnomalar tuzilganini ham ma’lum bo‘lgan.
Ayni kompaniya “hasbara” nomini olgani va Isroilning jamoatchilik bilan aloqalarga oid strategiyasida asosiy bo‘g‘in ekani ham aytilmoqda.