Angrenda IIB tergovchisi pora bilan qo‘lga tushdi

Xodim 10 ming dollar evaziga u ish qo‘zg‘atmaslikni va’da qilgan va 5 ming dollarni olayotganida ushlangan.
Sputnik
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Toshkent viloyatining Angren shahrida ichki ishlar tergovchisi pora olish paytida qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Angren shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi katta tergovchisi o‘z zimmasiga olgan tergovga qadar tekshiruv ishi doirasida fuqaro haqida jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik evaziga 10 ming dolar talab qilgan.
"Davlat xavfsizlik xizmati, bosh prokuratura huzuridagi IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan mablag‘ning 5 ming dollarini olayotgan vaqtida dalillar bilan ushlandi", - deyilgan xabarda
Holat yuzasidan tergovchiga nisbatan jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “b” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Qayd etilishicha, hozir tergov harakatlari davom etmoqda.
Namangan shahri hokimi 60 ming dollar pora olayotganda ushlandi