TOShKENT, 3 sen – Sputnik. 2025-yil 20-21 noyabr kunlari Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar va kuzatuvchi davlatlarning terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorligiga bag‘ishlangan o‘n birinchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Konferensiya maqsadlari:
ShHT mamlakatlari o‘rtasida ishonch va hamkorlikni mustahkamlash;
kuzatuvchi davlatlar bilan muvofiqlashtirishni yaxshilash;
ShHTning xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini kengaytirish;
terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish mexanizmlaridagi bo‘shliqlarni bartaraf etish;
milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda sa’y-harakatlarni birlashtirish.
Dastur doirasida quyidagilar ko‘rib chiqiladi:
- davlatlarning terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish borasidagi milliy tajribasi;
- BMT, MDH, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va boshqa tashkilotlar ishtirokida xalqaro hamkorlik va harakatlarni muvofiqlashtirish;
- yoshlarni radikalizmdan chiqarish va buzg‘unchi mafkuralardan himoya qilish muammolari;
- internet tarmog‘i va zamonaviy texnologiyalardan terrorchilik maqsadlarida foydalanish, shuningdek, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish choralarini ko‘rish.
Yalpi majlisda yuqori darajadagi spikerlar, shu jumladan tegishli xalqaro tuzilmalar rahbarlari so‘zga chiqadi.