Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Pekinda Putin Kim Chen In bilan uchrashdi – asosiy bayonotlar

Putin uchrashuvda Kursk viloyatini ozod qilishdagi shimoliy koreyalik harbiylarning rolini qayd etdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Pekinda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) yetakchisi Kim Chen In bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Putin bayonotlari
Rossiya prezidenti shimoliy koreyalik hamkasbi bilan alohida uchrashuv o‘tkazish imkoniyatidan shod ekanini qayd etdi.
Putin ularning ikki tomonlama munosabatlarni barcha yo‘nalishlarda muhokama qilish imkoniyati bo‘lishini ma’lum qildi.
So‘nggi paytlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik o‘zgacha ishonch, ittifoqchilik xususiyatiga ega bo‘ldi.
Rossiya va KXDR natsizm, fashizm va militarizmga qarshi umumiy kurashda qatnashgan.
Putin Kursk viloyatini ozod qilishdagi shimoliy koreyalik harbiylarning rolini qayd etdi.
“Biz qurolli kuchlaringiz va harbiy xizmatchilaringiz oilalari keltirgan qurbonlikni hech qachon unutmaymiz. Men sizga Rossiya xalqi nomidan zamonaviy neonatsizmga qarshi birgalikda kurashdagi ishtirok uchun minnatdorlik bildirishni istayman. <...> Koreya Xalq Demokratik Respublikasi xalqi ezgu minnatdorlik so‘zlarni yetkazib qo‘yishingizni so‘rayman”, - dedi Rossiya prezidenti.
Kim Chen In bayonotlari
Rossiya va KXDR munosabatlari o‘tgan yil iyulida tuzilgan davlatlararo shartnomadan keyin barcha jabhalarda rivojlanmoqda.
Agar Pxenyan Moskvaga biror narsada yordam bera olsa, albatta buni bajaradi, bu birodarona burch.
Pekinning Tananmen maydonida Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80-yilligiga bag‘ishlangan tantanali harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Unda, jumladan, Putin va Kim Chen In ishtirok etishdi.
Mirziyoyev Pekinda Putin bilan uchrashdi