TOShKENT, 3 sen – Sputnik. 2025 yilning 4-15 sentabr kunlari Samarqandda klassik shaxmat bo‘yicha eng kuchli turnirlardan biri - Grand Swiss FIDE bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) xabar berdi.
Musobaqa dunyoning eng yaxshi shaxmatchilari uchun muhim arenaga aylanib, salmoqli sovrinlarni qo‘lga kiritish va 2026-yilgi Da’vogarlar turniriga yo‘llanma olish imkoniyatini taqdim etadi.
"Grand Swiss har doim noyob turnir va "FIDE" taqvimidagi eng kutilgan voqealardan biri bo‘lib kelgan.
"Biz uning ushbu sport turiga investitsiya kiritayotgan va yirik shaxmat tadbirlarini tashkil etishda boy tajribaga ega bo‘lgan buyuk shaxmat mamlakati - O‘zbekistonda o‘tkazilishidan mamnunmiz," - dedi FIDE prezidenti Arkadiy Dvorkovich.
Bu yilgi ochiq chempionatda 116 nafar shaxmatchi, jumladan, jahon chempioni Gukesh D., shuningdek, ayollar o‘rtasidagi turnirda 56 nafar shaxmatchi ishtirok etadi.
Favoritlar orasida:
- FIDE Circuit yetakchisi Rameshbabu Pragnananda, 2021-yilgi Grand Swiss g‘olibi va 2025-yilgi Bullet Chess bo‘yicha amaldagi chempion Alirizo Firuzja, Yan Nepomnyashiy, Levon Aroniya, Anish Giri va Xans Nimann. O‘zbek iste’dodi - Nodirbek Abdusattorovga alohida e’tibor qaratilmoqda.
V Samarkande startuyet prestijniy turnir Grand Swiss FIDE 2025
© Fide
Turnir Shveysariya tizimi bo‘yicha 11 turdan iborat bo‘lib, 2023-yilda tezkor shaxmat va blis bo‘yicha jahon chempionatlari o‘tkazilgan Silk Road EXPO maydonida bo‘lib utadi. Birinchi tur 4-sentabrda boshlanadi, yakuniy 11-tur 15-sentabrga rejalashtirilgan. Grand Swiss FIDE - jahon chempionati siklining eng muhim saralash bosqichi bo‘lib, g‘oliblar 2026-yilgi Da’vogarlar turniriga yo‘llanma oladi.