Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Putin Ukrainadagi mojaroning asl sababini tushuntirdi

Rossiyani Donbassdagi odamlarni himoya qilishga majbur qilishgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi mojaroning asl mohiyatini tushuntirdi – Rossiyani o‘z manfaatlari va Donbassdagi odamlarni himoya qilishga majbur qilishdi.
“Rossiyaga kelsak, u o‘z manfaatlari va o‘z hayoti, taqdirini Rossiya, bizning tarix va an’analarimiz bilan bog‘lagan odamlarni himoya qilishga majbur bo‘ldi. Mana mojaroning mohiyati nimada, mana bu qayerdan paydo bo‘lgan. Va bu umuman bizning agressiv fe’l-atvorimiz emas, balki bu boshqa tomonning agressiv fe’l-atvori. Bizning o‘z manfaatlarimizni himoya qilishdan bo‘lak boshqa hech qanday maqsadimiz yo‘q”, - dedi Putin Pekinda Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso bilan uchrashuvda.
2022 yil 24-fevral kuni Putin Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganin e’lon qilayotib, uning maqsadi Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish hamda Donbass aholisini Kiyev rejimining genotsididan himoya qilish deb atagandi. Shuningdek, Moskva Ukrainaning NATOga qo‘shilishiga qarshi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina mojarosini hal qilish uchun dastlabki sabablarni bartaraf etish kerak – Putin