Mirziyoyev o‘quvchi va o‘qituvchilarni "Bilimlar kuni" bilan tabrikladi

Prezident "Birinchi qo‘ng‘iroq”lar jarangi ostida ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 720 mingdan ortiq bolalarni qutlab, eng ezgu tilaklarini izhor etdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi o‘quv yilining boshlanishi – “Bilimlar kuni” munosabati bilan maktab o‘quvchilari, ustoz-murabbiylar va ota-onalarga tabrik yo‘lladi. Ushbu tabrik prezident rasmiy sayti orqali e’lon qilindi.
O‘z tabrigida prezident bu yil “birinchi qo‘ng‘iroq” jaranglari ostida 720 ming nafar birinchi sinf o‘quvchisi qarshi olinganini alohida ta’kidlab o‘tgan.

“Hech shubhasiz, keyingi yillarda butun yurtimiz kabi maktablarimiz qiyofasi ham tubdan o‘zgarib, ular tom ma’noda Yangi O‘zbekiston timsoliga aylanib borayotgani barchamizni cheksiz quvontiradi. Chunki maktab qanchalik obod va charog‘on bo‘lsa, jamiyat hayoti shunchalik farovon, mazmunli va ma’rifatli bo‘ladi”, - deya ta’kidladi prezident.

Shuningdek, Mirziyoyev ta’lim-tarbiya jarayonlari tobora takomillashib borayotgani, muntazam ravishda ko‘plab o‘quv maskanlari barpo etilib, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim tizimini isloh qilish umumxalq harakatiga aylanganini eng katta yutuq deb e’tirof etdi.
Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida Shavkat Mirziyoyev o‘quvchilarga mustahkam sog‘lik, yangidan-yangi g‘alabalar va baxt tilab, maktabni “mo‘’jiza”, har bir darsni esa “beqiyos xazina”, deb e’zozladi.
Magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi