Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukraina mojarosini hal qilish uchun dastlabki sabablarni bartaraf etish kerak – Putin

Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish imkonini beradi.
Sputnik
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Ukraina mojarosi qachonki uning dastlabki sabablari bartaraf etilsa, o‘shanda u barqaror va uzoq muddatli hal etilishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ShHT sammitida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“Ukrainadagi mojaroning tartibga solinishi barqaror va uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lishi uchun inqirozning dastlabki sabablari bartaraf etilishi zarur... Xavfsizlik sohasida adolatli muvozanat tiklanishi kerak”, - dedi Rossiya rahbari.
Shuningdek, Putin inqiroz G‘arb Ukrainada sodir etgan davlat to‘ntarilishi natijasida yuzaga kelganini ta’kidladi. G‘arbning doimiy ravishda Kiyevni NATOga tortishga bo‘lgan urinishlari Ukraina mojarosining asosiy sabablaridan biridir.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
YeI yetakchilari Ukrainadagi mojaroni cho‘zayotganini hatto AQSh ko‘rapti – Dmitriyev